«musulmonlar idorasi» tegli maqolalar


Musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
24 noyabr 2023, 09:10

Musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov Musulmonlar idorasi raisining yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimda u egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda faoliyat boshlaydi.

“Keshbekni o‘ylab topganlar tadbirkorlarga zulm qilayotganini” aytgan imom-xatib ishdan olindi
25 avgust 2023, 12:27

“Keshbekni o‘ylab topganlar tadbirkorlarga zulm qilayotganini” aytgan imom-xatib ishdan olindi

Toshkentdagi “Imom Termiziy” masjidi imom-xatibi Isoqjon Begmatovning “keshbekni o‘ylab topganlar xalq va tadbirkorlarga zulm qilmoqda”, degan fikri e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Musulmonlar idorasi bu fikr orqali jiddiy xatoga yo‘l qo‘yilgani, imom oldin ham ogohlantirishlar olgani uchun uni ishdan bo‘shatdi.

Juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘q — Musulmonlar idorasi
30 may 2023, 11:37

Juma tabrigi va diniy masalalarni tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘q — Musulmonlar idorasi

Tarmoqlarda juma tabrigi va diniy materiallar tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi aytilgan xabarlar tarqaldi. Musulmonlar idorasi ularning yolg‘onligini bildirib, juma tabriklarini tarqatishga hech qanday ta’qib yo‘qligini ma’lum qildi. Idora ulashish mumkin bo‘lgan manbalar ro‘yxatini keltirib o‘tdi.

Shukrullo Egamberdiyev Toshloq tumani bosh imomligidan bo‘shatildi
16 may 2023, 15:39

Shukrullo Egamberdiyev Toshloq tumani bosh imomligidan bo‘shatildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshloq tumani bosh imomi Shukrullo Egamberdiyevni lavozimidan ozod qildi. Idoraning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, bunga uning so‘nggi 6 oy davomida aholining noroziligiga uchragan videolari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston prezidenti Musulmonlar idorasi rahbarini qabul qildi
28 aprel 2023, 21:15

O‘zbekiston prezidenti Musulmonlar idorasi rahbarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, ta’lim orqali jaholatga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.

Ramazon hayiti 21-aprelda nishonlanadi — Musulmonlar idorasi
20 aprel 2023, 09:40

Ramazon hayiti 21-aprelda nishonlanadi — Musulmonlar idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2023-yilgi Ramazon hayiti 21-aprel, juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Ro‘zaga oid savol-javoblar
24 mart 2023, 05:29

Ro‘zaga oid savol-javoblar

Saharlikka uxlab qolgan kishi ro‘zani qanday tutishi kerak, hech narsa yemasdan og‘iz yopish mumkinmi, ro‘zador odam g‘arg‘ara qilsa bo‘ladimi, ro‘zador odam tish pastasidan foydalansa bo‘ladimi — «Gazeta.uz» O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining ro‘zaga oid ayrim savollarga bergan javoblarini jamladi.

Foto: Toshkentda 13 ming o‘rinli jome masjidi ochildi
23 mart 2023, 11:21

Foto: Toshkentda 13 ming o‘rinli jome masjidi ochildi

Toshkentning Olmazor tumanida «Islomobod» jome masjidi ochildi. 2019 yilning oktabrida qurilishi boshlangan masjid xonaqohda 8 ming, hovli va yon-atrofidagi joylar bilan birga 13 ming kishini sig‘dira oladi.

Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi
21 mart 2023, 22:45

Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon oyi 23 martdan boshlanishini ma’lum qildi. O‘zbekiston prezidenti «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi.

O‘zbekiston bosh muftiysi bir nechta imom-xatibni ishdan oldi, ayrimlariga hayfsan berdi
1 mart 2023, 10:00

O‘zbekiston bosh muftiysi bir nechta imom-xatibni ishdan oldi, ayrimlariga hayfsan berdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov o‘tkazgan yig‘ilishda qator imom-xatiblar ishdan olindi, ayrimlariga hayfsan berildi. Muftiy imom-xatiblarga ijtimoiy tarmoqlarda chiqish qilish odobiga amal qilish va bilim saviyalarini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

Ziyovuddin Mirsodiqov «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi etib tayinlandi
18 yanvar 2023, 15:57

Ziyovuddin Mirsodiqov «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi etib tayinlandi

Ziyovuddin Mirsodiqov «Vaqf» xayriya jamoat fondi raisi etib tayinlandi. U shu paytga qadar Toshkent shahridagi «Bo‘ta buva» jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyat yuritgan.

Toshkent shahri bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov ishdan olindi
4 yanvar 2023, 17:20

Toshkent shahri bosh imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov ishdan olindi

Rahmatulloh domla Sayfuddinov o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga «Abu Saxiy» jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
4 yanvar 2023, 15:00

O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisiga yangi o‘rinbosarlar etib Jaloliddin Hamroqulov va Uyg‘un G‘ofurov hamda Toshkent islom institutiga yangi rektor etib Muhammadolim Muhammadsiddiqov tayinlandi.

O‘zbekistonliklar uchun Rossiya-Ukraina urushida qatnashish harom hisoblanadi — fatvo
23 sentabr 2022, 15:46

O‘zbekistonliklar uchun Rossiya-Ukraina urushida qatnashish harom hisoblanadi — fatvo

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Rossiya-Ukraina urushiga targ‘ibotlar ortidan terroristik tashkilotlar jihodni da’vo qilayotganiga munosabat bildirdi. «Ushbu urushga „jihod“ nomini berish jaholatdan boshqa narsa emas», — deyiladi bayonotda. Idora bunday fitnalarga aralashish shar’an harom ekanligini qayd etdi.

Imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan olindi
22 sentabr 2022, 11:05

Imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan olindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov o‘z vazifasiga vijdonan yondoshmagan va imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan oldi. Shuningdek, 1 nafariga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.

Ijtimoiy tarmoqda «samosud»ni yoqlab keskin chiqish qilgan imom noib ishdan bo‘shatildi
20 sentabr 2022, 19:29

Ijtimoiy tarmoqda «samosud»ni yoqlab keskin chiqish qilgan imom noib ishdan bo‘shatildi

Toshkentdagi «Aziz ota» jome masjidi imom noibi ijtimoiy tarmoq orqali «samosud»ni yoqlab chiqish qilgani uchun ishdan olindi. Musulmonlar idorasi amaldagi qonunlarga zid ravishda zo‘ravonlikka chaqiruvchi bu kabi chiqishlarni qoraladi.

Umra ziyoratini tashkillashtirish qisman sayyohlik firmalariga berilishi mumkin
20 mart 2022, 11:27

Umra ziyoratini tashkillashtirish qisman sayyohlik firmalariga berilishi mumkin

Musulmonlar idorasi Umra ziyoratini qisman sayyohlik firmalari orqali tashkillashtirish masalasi muhokama qilinayotganligini ma’lum qildi. Ramazon oyidan keyin Umra mavsumining oxirigacha ziyoratchilarning safar xarajatlari amaldagi qiymatda saqlab qolinishi aytildi.

«Umra» safari xarajatlari oshishi mumkin — O‘zbekiston musulmonlari idorasi
19 mart 2022, 17:11

«Umra» safari xarajatlari oshishi mumkin — O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berishicha, Saudiya Arabistonida mehmonxona va boshqa turdagi servislarga talab oshgani, qolaversa, Ramazon oyida tashkil etiladigan «Umra» tadbirlari ham narx-navoga ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, har bir ziyoratchi uchun belgilangan summaga qo‘shimcha to‘lov qilinishi mumkin.

Musulmonlar idorasi imom-xatiblardan ixtilofli mavzularni mehrobda turib muhokama qilmaslikni so‘radi
17 fevral 2022, 17:08

Musulmonlar idorasi imom-xatiblardan ixtilofli mavzularni mehrobda turib muhokama qilmaslikni so‘radi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi adliya vaziri va Toshkent bosh imom xatibi o‘rtasidagi odamlarning «do‘zaxga tushish-tushmasligi borasidagi tanlovi» borasidagi bahslar yuzasidan munosabat bildirdi. Idora Odob-axloq komissiyasi chaqirilgani, unda imom-xatiblarga ixtilofli mavzularni masjid mehrobida turib muhokama qilmaslik borasida tushuntirish berilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonda umra safarlariga tayyorgarlik boshlandi
5 yanvar 2022, 21:53

O‘zbekistonda umra safarlariga tayyorgarlik boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2022 yilgi umra sayohati mavsumiga tayyorgarlik boshlanganini ma’lum qildi. Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Saudiya Arabistonidagi «Abu Sarhad» hamkor shirkati bilan bu haqda shartnoma imzoladi. Navbat asosida belgilangan to‘lovlarni amalga oshirgan, tegishli vaksinani olgan va Saudiya Arabistonining karantin talablarini bajargan fuqarolar tartib bilan safarga jo‘natiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting